Xorazm viloyatida “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Respublika 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarini o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Turizm va sport vazirliklarining qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyatining 3-sektorlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 11 dekabr kuni Xiva va Gurlan tumanlarida bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarida 3-sektor tarkibiga kiruvchi mahallalarda istiqomat qiluvchi barcha oilalar faol ishtirok qildilar.
Sportsevar oilalar sportning “Stol tennisi”, “Quvnoq startlar”, “Shashka”, “Shaxmat” va “Badminton” turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashgan bo‘lsalar, kitobxon oilalar “Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bellashdilar.
“Sog‘lom va barkamol avlod” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ushbu musobaqalarining yuqorida saviyada tashkil etish masalasiga 3-sektor rahbarlari – hududiy ichki ishlar bo‘limi boshliqlari va hamkor tashkilotlar tomonidan alohida eʼtibor qaratilgan.
Xorazm viloyatining tuman (shahar)lar 3-sektorlari kesimida bo‘lib o‘tayotgan birinchi bosqich g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun bo‘lib o‘tayotgan mazkur sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarining shahar (tuman) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilalar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati