Xorazm viloyatida viktimologik profilaktikaga alohida eʼtibor qaratildi
Xorazm viloyatida har “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktikaning viktimologik (viktimologiya -jinoyatlarning extimoliy jabrlanuvchilarini o‘rganish) yo‘nalishiga alohida eʼtibor qaratilgan holda turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib boriladi.
Chunki, har qanday jinoyatni barvaqt oldini olish, uni sodir qilinganidan keyin fosh etish va aybdorlarni javobgarlikka tortishdan ko‘ra jamiyat uchun ancha foydali hisoblanadi. Bundan tashqari jinoyatdan jabr ko‘rish fuqaro uchun ortiqcha kundalik tashvishni yuzaga keltiradi.
Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibidagi profilaktika (katta) inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar aholi o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlarida qoramollarni chekka hududlardagi yaylovlarda qarovsiz qoldirmaslik, bu boradagi har qanday eʼtiborsizlik va xotirjamlik qing‘ir niyatli shaxslar uchun “qulay vaziyat” tug‘dirishi to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berishdi.
Pandemiya sharoitida aholining karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini taʼminlashga qaratilgan profilaktik ishlar ham ichki ishlar organlari xodimlarining kun tartibidan chetda qolmadi, bu yuzasidan tayyorlangan bukletlar aholi orasida tarqatildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati