Xorazm viloyatida xotin-qizlar bilan ishlash masalasi “xonadonbay” usulida amalga oshirilmoqda
Joriy yilda Xorazm viloyatida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, nizoli oilalarni barvaqt aniqlash va ulardagi nizolarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ayni kunlar ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning o‘rinbosarlari bilan uzviy aloqa o‘rnatgan holda ishlarni “xonadonbay” usulda olib bormoqdalar.
Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar oilalarda paydo bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi nizoli xolatlarning ishtirokchisi bo‘lgan xotin-qizlarning dastlabki jarayondayoq mahalla faollari, kayvoni onaxonlarni jalb qilgan holda murosaga keltirish imkonini bermoqda.
Shu bilan birgalikda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni huquqiy himoya qilish maqsadida “himoya orderi” rasmiylashtirilmoqda.
Shuningdek “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham chora-tadbirlar rejasidan o‘rin olgan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati