23 Iyun 2023 yil 5542

Xorazm viloyatiga kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda olib kelayotgan shaxs ushlandi

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘yish maqsadida joriy yilning 1 may kunidan birinchi bosqichi boshlangan “Qoradori-2023” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar bilan bir qatorda, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish bilan bog‘liq jinoyatlar ham fosh etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 22 may kuni Xorazm viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Urganch tumanidagi “Cholish” blok-posti orqali Xorazm viloyatiga kirib kelayotgan, Samarqand viloyati Tayloq tumanida yashovchi, fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina shubha uyg‘otganligi uchun to‘xtatilib, avtomashina saloni va uning yo‘lovchisi, Samarqand viloyati Tayloq tumani yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan, Sh.I. ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda xisoblanuvchi 0,1 gramm tropikamid bo‘lgan, har biri 10 millilitr yelim flakonga qadoqlangan, jami 150 dona flakondagi umumiy og‘irligi 15 gramm (ko‘p miqdor) tropikamid moddasini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Xozirgi kunda mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech