17 Noyabr 2020 yil 838

Xorazmda ommaviy sportni rivojlantirish yuzasidan seminar-trening o‘tkazilmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyatida bir qator ijobiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu yuzasidan keng jamoatchilik o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirishda mahalla faollari va hududiy profilaktika inspektorlarining masʼuliyati oshirildi.

Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi polkovnik S.Rahimov viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning o‘rinbosarlari uchun seminar-treninglar o‘tkazmoqda.

Seminar-trening davomida MFY raislari va ularning o‘rinbosarlariga nafaqat mahallada yashovchi aholi orasida, shu bilan birgalikda maʼmuriy hududda joylashgan korxona va tashkilotlarda ham sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida yo‘riqnomalar berilmoqda.

Shuningdek mahallalardagi mavjud sport maydonchalarining ahvoli hamda kelgusida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan piyodalar va velosiped yo‘laklari uchun mo‘ljallangan hududlar ham joyida o‘rganilib zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda yashovchi fuqarolarni sport kiyimlari bilan taʼminlash yuzasidan mahalliy hokimliklar tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.   

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech