Xorazmda profilaktika inspektorlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Buyuk va ezgu maqsad sari shiddat bilan ilgari ketayotgan mamlakatimizda har qanday inson tinimsiz izlanib, bilim va malakasini oshirib borsagina bugun kun bilan hamnafas bo‘la oladi.
Albatta ushbu qoida ichki ishlar organlari xodimlariga ham birday taalluqli.
Ana shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbariyati tomonidan profilaktika inspektorining kasbiy bilim va malakalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
14 noyabr kunidan boshlab 6 kun davomida onlayn va oflayn tarzda o‘tkazish rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda profilaktika inspektorlariga ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rgatilmoqda.
Shuningdek mashg‘ulotlar jarayonida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining fuqarolar yig‘inlari faollari va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorligini samarali tashkil etish yuzasidan ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati