3 Fevral 2021 yil 856

Xorazmda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar uchun sayyor o‘quv kursi davom etmoqda

Joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab Xorazm viloyati IIB va uning quyi tuzilmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlari uchun besh kunlik sayyor o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.

IIV Malaka oshirish instituti tajribali professor-o‘qituvchilari hamda xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda profilaktika inspektorlariga xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari mukammal o‘rgatilmoqda.

Mashg‘ulotlardan keyingi diskussiya jarayonida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlar o‘zlarining xizmat xizmat faoliyati davomida vujudga keladigan muammoli holatlar yuzasidan bergan savollariga ham mutahassislardan asoslantirilgan javoblar olishdi.

Shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining xotin-qizlar masalalari bilan ishlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni yana-da kuchaytirish borasida amaliy tajribalaridan kelib chiqqan holda ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish borasidagi takliflari ham atroflicha o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: