6 Fevral 2021 yil 650

Xorazmda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga sayyor o‘quv kursi sertifikatlari topshirildi

Joriy yilning 1-5 fevral kunilari Xorazm viloyati IIB va uning quyi tuzilmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlari uchun besh kunlik sayyor o‘quv kursi o‘tkazildi.

IIV Malaka oshirish instituti tajribali professor-o‘qituvchilari hamda xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning vakillari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda profilaktika inspektorlariga xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari mukammal o‘rgatildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlar o‘zlarining xizmat faoliyati davomida vujudga keladigan muammoli holatlar yuzasidan bergan savollariga ham javoblar olishdi.

5 fevral kuni IIV Xorazm akademik litseyida mazkur sayyor o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan (katta) inspektorlarga sertifikatlarni topshirish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati IIB rahbariyati o‘quv kursini tugatgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga sertifikatlarni topshirgach, ularga viloyatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdek sharafli ishlarida omad tiladilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech