Xorazmda yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan eʼlon qilingan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida Xorazm viloyatida 1 fevral kunidan boshlangan profilaktik tadbirlar faol davom etib, viloyatdagi taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishda bevosita Xorazm viloyati IIB rahbar va masʼul xodimlarining ishtirok etayotganligi esa profilaktik ishlarning sifat va samaradorligini yana-da oshishini taʼminlamoqda.
Jumladan, Urganch shahridagi 1 va 2-son akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan oylik doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Atabayev ishtirok etib, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek bugungi kunda mamlakatimizda xavfsiz turizmni taʼminlash, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tdi.
Polkovnik M.Atabayev kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlarimiz hayotida giyohvandlik vositalariga o‘rin bo‘lmasligi kerakligini uqtirib, uni salbiy taʼsirini keng targ‘ib qilish orqali, yoshlar orasida tarqatilishiga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shishga chorladi.
Uchrashuvda ishtirok etgan talaba yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks etgan bukletlar tarqatilib, IIV Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “O‘zini yo‘qotganlar” va “Biz OITSga qarshimiz, Sizchi?” nomli videofilmlar namoyish etildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati