31 Iyul 2021 yil 713

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi chora-tadbirlar  o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda Xorazm viloyatida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi huzurida tuzilgan ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. 

Jumladan, ishchi guruh tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etishga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar, jinsiy, jismoniy, ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish borasida mutasaddilar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek bu kabi holatlarning kelib chiqish sabablarini, sog‘liqni saqlash muassasalari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarining hamda hududiy dasturlarning ijro etilishi holati, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatilganligi, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to‘g‘risida tezkor xabardor qilish mexanizmlarining yaratilganligi, zo‘ravonlikdan aziyat chekkan xotin-qizlarga himoya orderlarini berish va himoya orderlarini olganlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalarni chuqur o‘rganib chiqmoqda.

Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish natijalari kelgusida Qo‘mitada atroflicha muhokama qilinadi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech