28 Noyabr 2022 yil 509

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Xorazm viloyati IIB va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazida “25 noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish Xalqaro kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirok etganlarga Respublikamizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, bu boradagi qonunlar, qaror va farmoyishlar, imtiyozlar, gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, zo‘ravonlik turlari, jabrlanganlarga himoya orderlari berish tartiblari, jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga kerakli javob va maʼlumotlarni oldilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech