17 Sentyabr 2022 yil 513

Yangiariq tumanida faol xotin-qizlar hamkorligini kuchaytirish belgilab olindi

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Yangiariq tumanida Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Yangiariq tumani IIB va tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘limi hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 mart kunidagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining Yangiariq tumanidagi ijrosi muhokama qilindi.

Xususan, tumanda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘ligini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ishlarining o‘zaro hamkorligi atroflicha tahlil etilib, kelgusida bu boradagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish istiqbollari belgilab olindi.

Mahallada yashovchi, oilaviy nizolar sababli “himoya orderi” berilgan xotin-qizlarning himoya huquqi buzilishining oldini olishda tuman ichki ishlar bo‘limiga yaqindan yordam berib kelayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini ayollar faollariga minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek yig‘ilishda ishtirok etgan Xorazm viloyati IIB masʼul xodimi mayor E.Safayev xotin-qizlar o‘rtasida odam savdosi va diniy ektremizm bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan batafsil tushuntirib o‘tdi.  

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech