Yangibozor tumanida amalga oshirilayotgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari
Joriy yilning fevral oyi mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” profilaktik oyligi deb eʼlon qilindi.
Shundan kelib chiqqan holda, ayni kunlarda Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Yangibozor tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Yu.Qalandarova ham mazkur oylik doirasida inspektor-psixologlar bilan hamkorlikda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Giyohvandlik va OIV infeksiyasining salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.
Mayor Yu.Qalandarova uchrashuvlarda ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar va pedagoglar jamoasiga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni isteʼmol qilishning va OIV infeksiyasining oqibatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirish berib o‘tmoqda.
Uchrashuvda ishtirok etgan o‘quvchilar va pedagoglar jamiyatimizni giyohvandlik vositalaridan holi qilish va fuqarolarda ayniqsa yoshlarda giyohvandlikka qarshi murosasiz kurashishlarini taʼkidlab o‘tdilar.
Bu boradagi profilaktik va targ‘ibot tadbirlari joriy oy yakuniga qadar davom etadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati