5 Avgust 2020 yil 700

Yangibozor tumanida oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda

Mamlakatimizning eng kichik bo‘g‘ini bo‘lmish oilalar tinchligi taʼbir joiz bo‘lsa yurtimiz taraqqiyotini taʼminlovchi omillardan eng asosiysi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyatida oila-turmush doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bu borada ayniqsa viloyatning Yangibozor tumanida olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovordir.

Yangibozor tumani Ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Yulduz Qalandarova bugungi kunda o‘z xizmat vazifalarini bajarishga sidqidildan yondashib, tumanda istiqomat qilib kelayotgan har bir xotin-qizning yaqin sirdoshi va maslakdoshiga aylanib ulgurgan.

Har kuni tumanning bir mahallasida bo‘lib, hududiy profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig‘ini raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda shu hududda yashovchi, asosan “notinch oilalar” ro‘yxatiga kiritilgan xonadonlarda bo‘lib, ularning turmush-tarzi bilan yaqindan tanishish, mavjud muammo va nizolarni bartaraf etish mayor Yu.Qalandarovaning ish tartibidan qatʼiy o‘rin egallagan.  

Aniqlangan muammo va nizolarni bartaraf etish yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida bugungi kunda tuman hududida oila-turmush doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning sezilarli darajada kamayishiga erishildi.

Yangibozor tumani IIB boshlig‘i rahbarlik qiluvchi 3-sektor hududida xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari esa oilalar daromadini oshirishga xizmat qilishi bilan birgalikda aholining doimiy bandligini taʼminlash orqali oila-turmush doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda ham muhim omil bo‘lishi shubhasiz.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech