7 Aprel 2022 yil 395

“Yashil makon” umummilliy loyihasi: "Bolalar uyi"ga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi

Urganch shahridagi “Bolalar uyi” tom maʼnoda Xorazm viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, mazkur muassasaga viloyat IIB tomonidan doimiy ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlaridan bir guruhining mazkur bolalar uyiga qilgan tashriflari esa “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilayotgan shu kunlarda bo‘ldi.

Xodimlar o‘zlari bilan olib kelgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini muassasa hududi bo‘ylab ekib chiqdilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech