13 May 2022 yil 584

Yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Urganch shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan N.T. (ayol) ilgari  firibgarlik jinoyati uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olmasdan, fuqarolarning mol-mulki yoki mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olishning yangi usullarini izlay boshladi.

Bu borada imorat qurish uchun yer uchastkasi olish maqsadida yurgan fuqaroni o‘zi uchun kutilganidan ham ortiq “o‘lja” deb bildi, sababi 8 sotix yerni tanishlari orqali uni nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 150 000 000 so‘m pul talab qildi.

Fuqaroning ichki ishlar organlariga qilgan murojaatidan keyin nazorat tartibida o‘tkazilgan tadbirda 100 000 000 so‘m pulni olayotgan N.T. ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xolat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech