4 Iyun 2022 yil 802

“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra 2022 yilning iyun oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” etib belgilandi. Shu munosabat bilan 2022 yil 4 iyun kuni Urganch davlat universitetida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi kurash bo‘limi maʼsul xodimi M.Sherjanov, Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bo‘lim mudiri B.Xo‘jaxonova, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati mintaqaviy filiali shifokori F.Otajanov, shuningdek, UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Davletov, Pedagogika, Tabiiy fanlar va Xorijiy filologiya fakultetlarining talaba-yoshlari, tyutorlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Davletov kirish so‘zi bilan  ochib, mamlakatimizda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga berilayotgan eʼtibor, hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida so‘zlar ekan, bu ishlardan pirovard maqsad, yoshlarimizning turli aqidaparastlar to‘riga ilinib qolmasligi, ular o‘rtasida “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik va og‘ufurushlikka berilishlarning oldini olish hamda farzandlarimiz qalbini turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish ekanligini taʼkidlab o‘tdi. 

Shundan so‘ng, tadbir mehmonlari so‘zga chiqib, hozirgi kunda respublikamizda “Asr vabosi” bo‘lgan giyohvandlik va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgangan chora-tadbirlar va ularning natijalari tahlilidan misollar keltirib o‘tdilar. O‘z navbatida, giyohvand moddalarning turlari, ularning inson organizmi, xususan, yoshlar organizmiga yetkazadigan salbiy taʼsiri haqida gapirishar ekan, bunday illatlar va turli oqimlar taʼsiriga tushib qolmasligi uchun atrofidagilardan befarq bo‘lmaslik, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish talab etilishini, shu bilan birga har birimiz yonimizdagi do‘stimiz, yaqinlarimiz uchun qaysidir maʼnoda javobgarligimizni his etishimiz kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

Bunday turli xil illatlardan yoshlarimizni himoya qilish uchun, avvalo, ularning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish kerakligi to‘g‘risida gapirib, oliy taʼlim muassasalarida bunday profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi maʼrifat ilmi bilan kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligi haqida taʼkidladilar.

O‘z navbatida maʼruzachilar tahliliy maʼlumotlar va faktlar asosida giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalarining girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o‘zgarishlar ularning umumiy sog‘ligiga, jumladan naslga, miya va yurak qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga onggi va tafakkuriga ham juda katta salbiy taʼsir o‘tkazishi haqida ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda tushuntirib o‘tdilar. 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech