17 Fevral 2022 yil 1077

“Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish oyligi” doirasidagi targ‘ibot tadbirlari

Joriy yilning fevral oyi mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” profilaktik oyligi deb eʼlon qilindi.

Shundan kelib chiqqan holda,  ayni kunlarda Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Urganch shahar IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Sh.Botirova tomonidan 17-fevral kuni Urganch davlat universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ham “Yoshlar orasida giyohvandlik  va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari” mavzusi doirasida bo‘ldi.

Mayor Sh.Botirova uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni isteʼmol qilishning va OIV infeksiyasining oqibatlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchi yoshlarga giyohvandlik va OIV infeksiyasining salbiy oqibatlari aks etgan bukletlar tarqatildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan talabalar jamiyatimizni giyohvandlik vositalaridan holi qilish va fuqarolarda ayniqsa yoshlarda giyohvandlikka qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish borasida faol bo‘lishlarini taʼkidlab o‘tdilar.

Bu boradagi profilaktik va targ‘ibot tadbirlari joriy oy yakuniga qadar davom etadi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech