24 Fevral 2022 yil 529

“Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” profilaktik oyligi doirasida amalga oshirilayotgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari

Joriy yilning fevral oyi mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” profilaktik oyligi deb eʼlon qilindi.

Shundan kelib chiqqan holda,  ayni kunlarda Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Bu borada ayniqsa Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari shaxsiy tarkibi yaʼni profilaktika (katta) inspektorlari, inspektor-psixologlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok qilmoqda.

Ular tomonidan viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida  “Giyohvandlik  va OIV infeksiyasining salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan uchrashuvlarda ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar va pedagoglar jamoasiga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni isteʼmol qilishning va OIV infeksiyasining oqibatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirish berilmoqda.

O‘z navbatida uchrashuvda ishtirok etgan o‘quvchilar va pedagoglar jamiyatimizni giyohvandlik vositalaridan holi qilish va fuqarolarda ayniqsa yoshlarda giyohvandlikka qarshi murosasiz kurashishlarini taʼkidlab o‘tdilar.

Bu boradagi profilaktik va targ‘ibot tadbirlari joriy oy yakuniga qadar davom etadi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech