1 Fevral 2021 yil 904

Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish oyligi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar respublikamizda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi deb eʼlon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV va Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur farmoyish ijrosini taʼminlash, “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligini yuqori saviyada tashkil etish va ijobiy samaradorlikka erishish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Rejaga ko‘ra, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida viloyatning barcha shaxar va tumanlarida yoshlar ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Uchrashuvlarda, yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida asoslantirilgan tushunchalarni yetkazish hamda ularda giyohvandlikka karshi murosasizlik hissini yana-da rivojlantirish maqsadida, IIV Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “O‘zini yo‘qotganlar” va  “Biz  OITSga  qarshimiz, Sizchi?” nomli videofilmlar namoyish etilishi belgilab olindi.

Shu bilan birgalikda, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish yana-da kuchaytirilgan tarzda olib boriladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech