7 Dekabr 2020 yil 1007

Yoshlarimiz “Konstitutsiya bilimdoni” deb eʼtirof etildi

Konstitutsiya kuni arafasida Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyati kengashi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarning yosh harbiylari va harbiy taʼlim muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.

Aql tarozisi hisoblanuvchi bu kabi intellektual o‘yinlarda doimo faol ishtirok etib kelayotgan IIV Xorazm akademik litseyi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Adolat” jamoasi bu gal ham o‘z raqiblariga imkoniyat qoldirishmadi.

Konstitutsiyaga oid savollarga kutilganidan ham ortiq javob bergan litsey o‘quvchilarini nafaqat hakamlar hayʼati shu bilan birga raqib jamoa vakillari ham samimiy olqishladilar.

Bayramona kayfiyatda o‘tgan mazkur bilimlar bellashuvida IIV Xorazm akademik litseyi mutloq g‘olib deb topilib 1-darajali diplom va sovg‘alar bilan mukofotlangan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni tegishli tartibda Urganch Xalqaro aeroportini himoya qiluvchi harbiy qismning “Lochin” jamoasi va Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismning “Vatanparvar” jamoalari egallashdi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech