Jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yanada takomillashtiriladi
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirish va kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Videokonferens aloqa shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul bo‘lgan barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati profilaktika (katta) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar va inspektor-psixologlar ishtirok etdilar.
Tanqidiy va tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i dastlab 2021 yil va joriy yilning o‘tgan davrida viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shundan keyin, oldi olinishi mumkin bo‘lgan, biroq xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun maʼmuriy xizmat hududida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarning hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilish yakunida kelgusida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirish hamda kuchaytirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, barcha shahar va tuman ichki ishlar organlaridagi profilaktika (katta) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar va inspektor-psixologlarning xizmat faoliyati o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Amaliy yordam yakunida profilaktika (katta) inspektorlarining nazariy bilimlari yuzasidan sinovlar qabul qilindi.
Ishchi guruh tomonidan profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat uylarida yaratilgan shart-sharoitlar va xizmat uylaridan foydalanish tartib-qoidalari ham to‘liq taftishdan o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati