30 Aprel 2022 yil 491

Jinoyatlarning sabab va oqibatlarini aholi o‘rtasida muhokama qilish huquqiy targ‘ibotning samarali usullaridan biridir

So‘nggi yillarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabr kunidagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida”gi 565-sonli Qarori qabul qilinganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligini taʼminlash bilan birgalikda aholi o‘rtasida olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirish borasida huquqiy mezon yaratildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Qo‘shko‘pir tuman prokuraturasi, tuman IIB, tuman axoli bandligiga ko‘maklashish markazi va mahalla faollari bilan birgalikda Qo‘shko‘pir tumani “Ittifoq” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblangan B.B ga oid jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, ushbu salbiy holat kelib chiqishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish bo‘yicha muhokama o‘tkazilib, ushbu muhokamada mahalla faollariga keyingi paytlarda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘p sodir qilinayotganligi, ushbu turdagi jinoyatlarni kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar va ushbu turdagi jinoyatlar uchun qonunda belgilangan jazolar to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berildi.

 

Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi

A.Aminov

Text to speech