“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Hamkor tashkilotlar tomonidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
Xorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Xiva tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant S.Xudayberganova tomonidan navbatdagi targ‘ibot tadbiri tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tumandagi 8-son umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar va pedagoglar ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ayni kunlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlangan huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid bukletlar tarqatildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati