3 Dekabr 2021 yil 560

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Hazorasp tumanida targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda

Xorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqdamiz.

Hazorasp tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori leytenant A.Qurbonova ham aksiya doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Leytenant A.Qurbonova tomonidan tumanidagi 1-son umumtaʼlim maktabida taʼlim olayotgan o‘quvchi qizlar va pedagoglar ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Zo‘ravonliksiz 16 kun” mavzularida o‘tkazilgan targ‘ibot uchrashuvida ham aynan xotin-qizlarni tazqiy va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va nufuzini oshirish masalalari qizg‘in muhokama etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ayni kunlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berish bilan birgalikda, ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlangan  huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid bukletlar ham tarqatildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech