5 Dekabr 2022 yil 499

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Seminar-treninglar barcha korxona va tashkilotlarda o‘tkazilmoqda

BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyusiyasiga ko‘ra “25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb eʼlon qilingan.

2014 yilda esa BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan «УНИТE» nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Bu borada mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ayollar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Sana munosabati bilan “Ҳудудгаз Хоразм” GTF majlislar zalida Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari bilan hamkorlikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligiga erishish mavzulari yuzasidan Xorazm viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan S.Xudayberganovaning maʼlumotlari tinglandi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech