7 Dekabr 2021 yil 634

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Urganch shahrida targ‘ibot tadbirlari keng qamrovda olib borilmoqda

Xorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqdamiz.

Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Sh.Botirova ham aksiya doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Mayor Sh.Botirova tomonidan shahardagi barcha mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari va mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashib, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzularida maʼruza va seminar-treninglar o‘tkazib kelmoqda.

Albatta keng qamrovda olib borilayotgan ushbu targ‘ibot tadbirlari bugungi kunda o‘zining samarasini bermoqda. Viloyatimiz hududida xotin-qizlarga nisbatan tazqiy va zo‘ravonlik qilish holatlarining sezilarli darajada kamayib borayotganligi yuqoridagi chora-tadbirlar natijasida erishilayotgan  ijobiy yutuq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech