10 Dekabr 2021 yil 550

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Xorazm viloyatida amaliy chora-tadbirlar uzluksiz davom etadi

Xorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli xil targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, viloyat ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarining tashabbusi bilan viloyatdagi barcha mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari va mahallalarda xotin-qizlar bilan ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzularida maʼruza va seminar-treninglar o‘tkazildi.

Joriy yilning 10 dekabr kuni “Istiqbol” ayollar markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tenglikni taʼminlash faoliyati bo‘yicha o‘zaro hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Unda Xorazm viloyati IIB HPB boshlig‘ining xotin-qizlar masalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik D.Bog‘ibekova so‘zga chiqib, joriy yilning 25 noyabr kuni 10 dekabr kuniga qadar “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi davomida amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari va amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Seminar yakunida bugungi kunda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu borada erishilgan natijalar ijobiy baholanib,  kelgusida o‘zaro hamkorlikni yana-da kuchaytirish, targ‘ibot ishlarini uzluksiz davom qildirish to‘g‘risida o‘zaro kelishib oldilar.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning asosini tashkil qiladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech