30 Noyabr 2022 yil 437

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Yangiariq tumanida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil etildi

Mamlakatimiz bo‘ylab 25 noyabr kunidan 10 dekabr kunigacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi belgilab olingan.

Shundan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarining tashabbusi bilan viloyatdagi barcha mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari va mahallalarda xotin-qizlar bilan ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzularida maʼruza va seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati IIB hamda Yangiariq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham aynan mazkur tadbir doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil etilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Unda Xorazm viloyati IIB HPB boshlig‘ining xotin-qizlar masalari bo‘yicha o‘rinbosari kapitan S.Xudayberganova so‘zga chiqib, joriy yilning 25 noyabr kuni 10 dekabr kuniga qadar “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan targ‘ibot tadbirlari va amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Yangiariq tumanida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu borada erishilgan natijalar ijobiy baholanib,  kelgusida o‘zaro hamkorlikni yana-da kuchaytirish, targ‘ibot ishlarini uzluksiz davom qildirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning asosini tashkil qiladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech