9 Dekabr 2021 yil 569

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Yangibozor tumanidagi targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida

Xorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqdamiz.

Yangibozor tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Yu.Qalandarova ham aksiya doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Mayor Yu.Qalandarova tomonidan tumandagi barcha mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari va mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashib, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzularida maʼruza va seminar-treninglar o‘tkazib kelmoqda.

Tumandagi qaysidir oilada paydo bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi kelishmovchilik ishtirokchisi bo‘lgan xotin-qizlar dastlabki jarayondayoq mahalla faollari, kayvoni onaxonlarni jalb qilgan holda murosaga keltirishga harakat qilinadi. O‘zaro murosaga kelinmagan hollarda esa  xotin-qizlarni huquqiy himoya qilish choralari ko‘riladi.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning asosini tashkil qiladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech