6 Dekabr 2021 yil 524

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Bog‘ot tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Xorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqdamiz.

Bog‘ot tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant Z.Tillabayeva ham aksiya doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Katta leytenant Z.Tillabayeva tomonidan tumandagi taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida xotin-qizlar bilan uchrashib, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzularida maʼruza va seminar-treninglar o‘tkazib kelmoqda.

Albatta olib borilayotgan ushbu targ‘ibot uchrashuvlaridan ko‘zlangan maqsad  xotin-qizlarni tazqiy va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasiga ularni yoshligidan huquqiy madaniyatini oshirish orqali erishishga qaratilgan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech