“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Gurlan tumanida targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda
Xorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqdamiz.
Gurlan tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant A.Nurmanova ham aksiya doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Xususan katta leytenan A.Nurmanova tomonidan tumandagi barcha mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari va mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashib, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzularida maʼruza va seminar-treninglar o‘tkazib kelmoqda.
Shu bilan birgalikda notinch oila sifatida ro‘yxatga olingan har bir oilada alohida individual yondashuv asosida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda kayvoni onaxonlar, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining xotin-qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va otinoyilar bilan o‘rnatilgan uzviy hamkorlikni alohida taʼkidlab o‘tish lozim.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati