“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Xorazm viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan maktabda targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezalyutsiyasiga ko‘ra “25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb eʼlon qilingan.
2014 yilda esa BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xonqa tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik S.Allaberganova tomonidan tumanidagi 43-son umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar va pedagoglar ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ham aynan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalariga qaratildi.
Xonqa tumanining chekka hududida joylangan mazkur 43-son umumtaʼlim maktabi Xorazm viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan bo‘lib, maktab o‘quvchilarining maʼnan yetuk, jismonan sog‘lom, shu bilan birgalikda Vatanga va xalqqa sadoqatli farzand bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati