2 Dekabr 2021 yil 531

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”: Urganch tumanida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari

Хorazm viloyatida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sana munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va turli targ‘ibot tadbirlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqdamiz.

Urganch tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor M.Himmatova ham aksiya doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Mayor M.Himmatova 16 kun davomida targ‘ibot tadbirlarini tumandagi barcha mehnat jamoalari, taʼlim muassalari va mahallalarda o‘tkazishni rejalashtirib olgan va shu asosida amalga oshirmoqda.

Targ‘ibot tadbirlarida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ayni kunlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berish bilan birgalikda, ishtirokchilarga ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlangan  huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid bukletlar ham tarqatilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech