4 Fevral 2022 yil 1257

Malakali kadrlar - taraqqiyot kafolati

Bugungi kunda ichki ishlar organlarining jangovar shayligi, shaxsiy tarkibning maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, maxsus vositalar va o‘qotar qurollardan foydalanish ko‘nikmalari, shuningdek xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilim darajasini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan xodimlarning kasbiy tayyorgarligi hamda maʼnaviy-maʼrifiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yillik o‘quv rejasiga asosan amaliy va nazariy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur rejaga asosan 4-fevral kuni shaxsiy tarkibning saf tayyorgarligi, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida, saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi hamda jangovar quroldan o‘q otish amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Shuni taʼkidlash lozimki, shaxsiy tarkibning kasbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan nazariy mashg‘ulotlar aynan sohaning ilg‘or ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlari tomonidan o‘tkazilishiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad kadrlar malakasini yana-da oshirishdir, chunki, malakali kadrlar – taraqqiyot kafolatidir.

  Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech