20 May 2020 yil 1031

Maqsad turli noxush holatlarning oldini olish

Maqsad turli noxush holatlarning oldini olish

 

Xorazm viloyatida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish oyligi” doirasida bir qator tezkor-profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

“Jinoyatchilikka qarshi kurash oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan bugun ov miltig‘iga ega bo‘lgan, viloyatda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning xonadonlarida hududiy profilaktika inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur profilaktik tadbirlar jarayonida fuqarolarning ov qurollarini saqlash va ulardan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilish ahvoli ham nazorat tartibida tekshirib chiqildi. Bu borada qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, aniqlangan kamchiliklarning joyida bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kundalik hayotda ov qurollarini saqlashda loqaydlik va beparvolikka yo‘l qo‘yilganligi natijasida turli noxush holatlar kelib chiqqanligini inobatga oladigan bo‘lsak, ayni kunlarda o‘tkazilayotgan profilaktik chora-tadbirlar kelgusida kutilmagan ko‘ngilsizliklarning oldini olishi tabiiy.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati   

Text to speech